"Maktabgacha tarbiya va defektologiya" kafedrasida seminar trening tashkil qilindi


Ajiniyoz nomidagi NDPI Maktabgacha ta'lim fakulteti Maktabgacha tarbiya va defektologiya kafedrasida reja asosida ixtidorli talabalar bilan birgalikda seminar trening tashkil qilindi.

Treningni kafedra mudiri A.Bekimbetova ochib berdi. Defektologiya ta'lim yo'nalishi ixtidorli talabalari Yo'ldosheva Shahzoda, Niyazmetova Muqaddas, Rustambekova Dilnavoz, Yangibayeva Surayyolar Toshkent shahri va Xorazm viloyatida bo'lib o'tgan logopediya bo'yicha onlayn kurslarni muvofaqqiyatli tugatganligi munosabati bilan olgan bilimlarini talabalar bilan o'rtoqlashdi.

Ushbu seminar treningda bir qator logopedik mashg'ulotlar tashkil qilindi. Bunda talabalar katta qiziqish bilan ishtirok etdi.

Shuningdek, logopediya sohasi bo'yicha dolzarb muammolar tahlil qilinib, bartaraf etish bo'yicha metodik tavsiyalar berildi.




1 / 3
"Maktabgacha tarbiya va defektologiya" kafedrasida tashkil qilingan seminar treningdan foto lavha
2 / 3
"Maktabgacha tarbiya va defektologiya" kafedrasida tashkil qilingan seminar treningdan foto lavha
3 / 3
"Maktabgacha tarbiya va defektologiya" kafedrasida tashkil qilingan seminar treningdan foto lavha